avatar
Куч
398.71
Рейтинг
+158.17

Pirimov Raxmon Jonbo`riyevich

Мақолалар

КУЛМАГИН

Sherlardan...
Шеърият ва адабиёт

 


Кулмагин бировнинг устидан зинҳор,


Сенинг-да устингдан кулувчилар бор.


Инсон бўл дунёга келарсан бир бор,


Ёр бўлолмас йўлингда учраган дилдор.


 


Уларнинг гапига кириб ноҳақдан,


Устидан кулсанг гар севган ёрингни.


Бало-ю кулфатлар келар Ёр-Ҳақдан,


Олиб кетар қўлдан йиққан борингни.



ХАЙР МАКТАБИМ

Блог им. raxmon

 


Келган эдим даргоҳингга бола бўлиб,


Кетяпман қучоғимга лола тўлиб,


Устозлардан илм олдим ўйнаб кулиб,


Кетмоқдаман, қучоғингдан, хайр мактаб.


 


Қалбдан севиб ошно бўлдим китоб билан,


Ватанимни куйлайин мен хитоб билан,


Буюкликка етурман зўр шитоб билан,


Кетмоқдаман, қучоғингдан, хайр мактаб.



ШУНДАЙЛАР БОР…

Блог им. raxmon

 


Дўстман деган кишилар баъзан,


Душман қилган  ишни қиларкан.


Устингдан-да мағзава тўкиб,


Сўнгра хандон отиб куларкан.


 


Сени ўйлашади жуда содда, гўл,


Улар олдида обрўйинг бир пул.


Нафси учун изингдан чопар,


Кўнгил олишнинг минг йўлин топар.


 


Иши битгач  сен бир бегона,


Унга яқин сендан  девона.


Ейди сенинг ош-у тузингни,


Ўйламасдан ўяр кўзингни.


 


Фойдаси-чун сен-ла яхшидир,


Кетолмайди олдингдан сира.


Ундайлардан ҳайвон яхшидир,


Иккиюзли инсондан кўра.


 


Яратгандан тилайман доим:


Шундайлардан асрагин танни.


Ёмонлардан асра илойим,


Она-юртим Ўзбекистонни.


 Рахмон Пиримов


ТерДУ талабаси

ШУНДАЙЛАР БОР…

Блог им. raxmon

 


Дўстман деган кишилар баъзан,


Душман қилган  ишни қиларкан.


Устингдан-да мағзава тўкиб,


Сўнгра хандон отиб куларкан.


 


Сени ўйлашади жуда содда, гўл,


Улар олдида обрўйинг бир пул.


Нафси учун изингдан чопар,


Кўнгил олишнинг минг йўлин топар.



TABRIKNOMA

Блог им. raxmon


Assalomu alaykum hurmatli aziz «Fikr.uz» sayti tashkilotchilari, qatnashchilari va mehmonlari !


Barchangizni kirib kelayotgan bahor ayyomi 8-mart — Ayollar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.


Inson umri davomida erishishi mumkin bo`lgan barcha orzu-umidlaringiz ro`yobga chiqsin.


Sizlarga sog`lik-salomatlik, oilaviy baxt va ijodiy barkamollik tilayman!


Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va mustaqilligimiz abadiy bo`lsin!


Yurtimizdagi barcha ayollarni bayram bilan tabriklayman.


Bayramingiz muborak bo`lsin, aziz ayollar!


Raxmon Pirimov


TerDU talabasi

ОТА

Блог им. raxmon

 


Тоғлардай таянчим, мадорим,


Ўтмишдан келажак қадарим,


Осмоним-қанотлар ёзарим,


Меҳнаткаш, меҳрибон падарим.


 


Эзгулик кунларга бўйлаган,


Фарзандлар камолин ўйлаган,


Покликдан, софликдан сўйлаган,


Тоза қалб, покдамон падарим.


 


Сиз рози-розидир Худо ҳам,


Сиз рози-ижобат дуо ҳам,


Сиз рози-бошимда Ҳумо ҳам,


Дуогўй, дардкашим –падарим.


 Рахмон Пиримов


ТерДУ талабаси

ONA SENINGDAYIN...(8 mart - Onajonlar bayramiga bag`ishlayman)

Блог им. raxmon


Dunyoda insonning do`stlari ko`p, yaqinlari ko`p. Lekin hech biri ona kabi sodiq do`st bo`lolmaydi.


Gohida odamning yuragi to`lib ketadi. Dardini kimgadir aytgisi keladi. Shunda onasining oldiga oshiqadi, eng quvonchli xabarni ham birinchi bo`lib onasiga yetkazishga shoshadi.


Ilk kitobim nashrdan chiqqanda birinchi bo`lib onamga ko`rsatdim. Onam qo`liga olib, ko`zlariga surtib, tavof qilib: “O`g`limning kitobi chiqibdi, qo`shnilarga bir maqtanay,”- deb xursandchiligidan ko`zlari porlab ketganini ko`rib, rosti yig`lagim keldi.


Mening kitobim kim uchundir bir pulga qimmat, kimdir oddiygina ensasi qotib: “Hm, kitobi chiqibdi,”-deb qo`yar.


Mayli,  kitobimni hech kim o`qimasin, men bundan xafa bo`lmayman. Men uchun onamning quvonchi, xursandligidan ko`zlariga surtib, tavof qilib   ”o`g`limning kitobi” deganining o`zi katta e`tibor, eng buyuk bahodir.


                                                                                            Raxmon Pirimov


Yoshim ham o`tmoqda kun o`tgan sayin,


Umr ham ketmoqda karvon tinmayin,


Ko`zimdan yosh oqar o`zim bilmayin,


Ona seningdayin do`st topolmadim.


 


ЎЗИНГГА ИШОН

Блог им. raxmon

 


Дунёга келибсан, эй ғофил инсон,


Дўстларинг бағрини сен этмагил қон.


Ишонма ёмоннинг ширин сўзига,


Оллоҳга ишонгил, ўзингга ишон.


 


Дўстингман дейду-ю, хатонгни пойлар,


Заҳар қўшар-у пичоғинг мойлар,


Сени йўқотишга излаб у жойлар,


Оллоҳга ишонгил, ўзингга ишон.



СУРХОНИМ

Блог им. raxmon


Қадим Бақтрия  бешигисан сен,


Юртимнинг шарқ томон эшигисан сен,


Алпомишнинг жасур қўшиғисан сен,


Салмоқли қадамлар ташла, Сурхоним!


 


Руҳи уйғоқ ётар анбиёларинг,


Қадамжоси абад авлиёларинг,


Тарихда сабоқли кўп доноларинг,


Салмоқли қадамлар ташла, Сурхоним!



АМИР ТЕМУР ҲАҚИДА РИВОЯТ(Буюк саркарда ва давлат арбоби Амир Темур таваллудининг 678 йиллигига бағишлайман)

Блог им. raxmon

 


Бир жангда Темурбекнинг


Иш бермади ҳамласи.


Метин каби мустаҳкам


Турар душман қалъаси.


 


Чора излаб саркарда


Эски-туски кийинди.


Бир қишлоқда бир кампир


Кулбасига киритди.



ҚАЛБДАГИ УЧРАШУВ (Муҳаммад Юсуф таваллудининг 60 йиллигига бағишлайман)

Блог им. raxmon

 


Шеър ёзгали чиққандим йўлга,


Ваҳимаси турар тоғ бўлиб.


“Хат, қаламинг ол!”- дебон қўлга,


Далда берди Муҳаммад Юсуф.


 


Нима бўлса бўлсин дедим-у,


Нигоҳидан нур олиб турдим.


Оллоҳимга қилиб таваккал,


Мен Муҳаммад изидан юрдим.



АЖДОДЛАРГА МУНОСИБМИЗ

Блог им. raxmon

Assalomu alaykum, Fikr.uz sayti tashkilotchilari, ishtirokchilari va mehmonlar!


Men Termiz davlat universiteti Pedagogika fakultetu «Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish» ta`lim yo`nalishi 3-bosqich talabasiman. 


Bugun axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan XXI asrda o`zbek yoshlari ham zamon bilan  hamnafas, ulkan muvafaqqiyatlarga erishayotganini ko`rib ko`zing quvnaydi, eshitib diling yayraydi. Buning bari Yurtboshimizning odilona va uzoqni ko`ra oladigan dono siyosati sabablidir. Ta`lim-tarbiya va yoshlarga bo`lgan e`tibor, uning davlat siyosati darajaga ko`tarilishining tub mohiyati Vatanimiz kelajagini quradigan, biz g`ururlanadigan ajdodlarimizga munosib bo`ladigan barkamol avlodni atrbiyalashdan iboratdir.


Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlaganidek:«Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo`lmaymiz ham.»


Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yurt obodligi va ozodligini mustahkamlash uchun qo`limdan kelgancha bor imkoniyatlarim, ilmiy salohiyatlarim va sof qalbim bilan shu yurt farzandi sifatida kerak bo`lsa jonimni ham ayamayman!


Buyuk maqsadlarni ko`zlab, katta yo`lga chiqqan ekanmiz bizga ajdodlarimiz ruhi madadkor bo`lsin, Yaratgannign o`zi yomon ko`zlardan asrasin!


 


Азиз ёшлар, сизга айтар сўзларимиз:


Ватан дея чақнаб турсин кўзларингиз.


Элим дея, юртим дея ёниб яшанг-


Аждодларга муносиб-ку, ўзларимиз.


 


Буюк аждод эрур Темур, Бобурлар,


Берунийлар, Ибн Сино, адиб Собирлар.


Маърифатнинг боғларида жавлон уринг,


Аждодларга муносиб-ку, ўзларимиз.


 


Курашларда эрк байроғи қўлингизда,


Бахт маёғи порлагайдир йўлингизда.


Мададкордир боболарим, олға юринг,


Аждодларга муносиб-ку ўзларимиз.


 


Юрт корига ярамасак бўлмагайдир,


Ватан учун яшамасак бўлмагайдир.


Адолатнинг курашлари муқаддасдир,


Аждодларга муносиб-ку ўзларимиз.


Рахмон Пиримов


ТерДУ талабаси


 


 

“OMMAVIY MADANIYAT” VA UNING YOSHLAR MA`NAVIY ONGIGA SALBIY TA`SIRI, UNI KAMAYTIRISH OMILLARI.

Блог им. raxmon

 


Pirimov Raxmon


                                                            TerDU talabasi


«Ommaviy madaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllangan bo`lib, uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda, «pop-kultura» (ya'ni «ommaviy madaniyat») deb atashadi. Garchi «madaniyat» deb atalsa-da, aslida, tub mazmun-ma'nosiga, maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.


Bu g`oya ijodkorlari qora, zaharxanda, behayo kulguni «isyon ifodasi» deb bilishadi. «Nimaga qarshi isyon» degan savol tug‘iladi. Agar «pop-madaniyat» dunyoga «ehson» eta yotgan «pop-art» («tasviriy san'at» desa ham bo‘ladi), «pop-muzika», «pop-adabiyot» natijalariga qarab hukm yuritadigan bo‘lsak, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, ma'naviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi… Ular uchun ezgulikning o‘zi yo‘q. Jumladan, san'at — alohida iste'dodlar tomonidan yaratiladigan ma'naviy boylik, mo‘'jiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari «pop-madaniyat» tarafdorlarining o‘ta darajada g‘ashini keltiradi. Ularcha, hamma san'atkor bo‘lishi mumkin. Hamma narsa san'at atalishi mumkin. «Pop-art» — ommaviy san'at shu xulosa manbaida vujudga kelgan.


Muhtaram Prezidentimiz o’zlarining «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarlarida ommaviy madaniyatning zararli xataridan ogohlantirib jumladan, shunday deydilar: «Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va akincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda.»


Missionerlik va uning yoshlar ma`naviy ongiga salbiy ta`siri.

Блог им. raxmon

 Bugungi dinyo miqyosidagi global, dolzarb muammolardan biri tez-tez tilga olinayotgan -  MISSIONERLIKdir.


Missionerlik harakatining tarixiga nazar solsak, dastlab ,u miloddan avvalgi 2 ming yillikda  Qadimgi Hindistonga kirib kelgan O`rta Oriylar tomonidan asos solingan Veda dinini, atfofidagi mintaqalarga targ`b qilish va tarqatish uchun olib borilgan g`oyaviy-siyosiy harakat  bo`lgan.


   Keyinchalik missionerlik harakati buddaviylik, yahudiylik, xristianlik kabi milliy va ayrim jahon dinlarida (bundan islom dini mustasno) o`z ko`rinishlari bilan paydo bo`la boshladi.


“Missionerlik “ so`zining lug`aviy ma`nosi“vazifa beruvchi” degan ma`noni bildiradi.U muayyan bir dinga e`tiqod qiluvchi kishilarni turli usullar bilan boshqa bir dinga o`z manfaati uchun targ`ib qiluvchi, da`vat etuvchi kishilarni tushuniladi.